Rasm: Marina Margarina / Mediazona
O'zbekistonning BMT bilan inson huquqlari sohasidagi hamkorligi deyarli 30 yildan beri davom etmoqda, 2020-yil iyun oyida bu yangi darajaga chiqdi – mamlakat 80 dan ortiq xalqaro shartnomalar va inson huquqlarni himoya qilishga doir protokollarga qo'shildi. Biroq, o'tgan sentabr oyida AQSh xalqaro diniy erkinlik komissiyasi hisobotini oshkora qildi, shundan kelib chiqadiki, O'zbekiston qamoqxonalarida diniy va siyosiy sabablarga ko'ra minglab mahkumlar saqlanmoqda, mahbuslarga psixologik va jismoniy qiynoqlar qo'llanilmoqda. "Mediazona" O'zbekistonda e'lon qilingan demokratik islohotlarga qaramay, Islom Karimov davrining tartib-qoidalari ko'p jihatdan hukm surayotgan diniy erkinlik holati vaziyati ishini ko’rib chiqdi.
O'zbekistonda navbatdagi prezident saylovi 24 — oktabr kuni bo'lib o'tadi, g'alabani qo’lga kiritadigan asosiy va aniq nomzod — amaldagi davlat rahbari, Shavkat Mirziyoyev hisoblanadi. Uning hukmronligi davrida mamlakatda 2016-yildan buyon mamlakatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishini jadallashtirish, O'zbekistonning G'arbdagi nufuzini oshirish va umuman o'zbek jamiyatini demokratlashtirish maqsadida islohotlar amalga oshirildi. Shavkat Mirziyoyev sobiq rejimni rebrending qilishda faol ishtirok etib, bu rejimning davomiyligi — 25 yil va Islom Karimovning o’rni almashmaganligi tufayli ham "Karimovcha" deb nomlangan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev davrida davlat institutlarining qisman liberallashtirilishi, shu bilan bir qatorda, paxta terishda majburiy mehnat (shu jumladan, bolalar mehnati) bekor qilinishiga, ommaviy axborot vositalari ustidan nazoratning qisman yumshatilgani va so'z erkinligini rag'batlantirishga, shuningdek, diniy siyosatni yumshatishga olib keldi — ekstremistik tashkilotlar bilan bog'liq alohida ro'yxatlar bo'yicha o'tkazilgan odamlarning soni bir necha bor kamaydi, diniy moddalar bo'yicha jazo o’tayotgan minglab mahbuslar amnistiya qilindi.
Shu bilan birga, AQSh xalqaro diniy erkinlik komissiyasi (USCIRF) kuzatuvchilari O'zbekistonda hali ham inson huquqlari buzilayotgani va ijtimoiy-siyosiy hayot ustidan qat'iy nazorat olib borilayotganini va Mirziyoevning islohotlari asta-sekin to'xtab qolganini ta'kidlamoqda. Buning isboti mahalliy ommaviy axborot vositalarining yangiliklari bo'lib, u yerda yaqinda bloggerlar yoki jurnalistlar diniy mavzularga oid maqolalar yozgani uchun va Islomiy tashkilotlar ishtirokchilarining hibsga olinishi haqida xabarlar tez-tez uchramoqda. Bundan tashqari, respublika hukumati har qanday diniy ta'limotga sodiqlik uchun o'z muddatini o'tayotgan mahkumlarning aniq sonini nomlashdan bosh tortmoqda.
Sentyabr oyida USCIRF O'zbekiston bo'yicha hisobotni oshkora qildi, shundan kelib chiqadiki, hozirgi kunga qadar respublika qamoqxonalarida diniy va siyosiy sabablarga ko'ra ikki mingdan ortiq mahbus mavjud. "Mediazona" tadqiqot muallifi va Markaziy Osiyodagi inson huquqlari bo'yicha AQSh Kongressi spikeri Stiv Sverdlov bilan joriy vaziyatni muhokama qildi.
— O'zbekistonda diniy sabablarga ko'ra jinoiy javobgarlikka tortilgan odamlar odatda qanday moddalar bilan hukm qilinadi?
— Asosan diniy yoki siyosiy sabablarga ko'ra ayblanuvchilarga qarshi sovet hukumatiga qarshi targ’ibot haqidagi Sovet Jinoiy kodeksidan ko’chirma bo’lgan "Konstitutsiyaga zid faoliyat" to'g'risidagi Jinoiy Kodeksning taniqli 159-moddasi qo'llaniladi. Shuningdek, 244-moddaning birinchi va ikkinchi bandlari va 216-modda qo’llaniladi.
— Mustaqil O'zbekistonda imonlilarning quvg'inlari qachon boshlandi?
Mustaqil musulmonlarga qarshi kampaniya, odatda, inson huquqlari himoyasi doiralarida shunday nomlangan, Islom Karimov tinch imonlilarning ommaviy hibsga olinishi 90-yillarning boshlarida boshlangan. Ushbu hibslar inson huquqlari bo’yicha tashkilotlar e'tiborini tortdi, chunki hatto postsovet hududida ham O'zbekiston xavfsizlik organlari va militsiya vakillarining qilmishlari huquq himoyachilarini o’z shafqatsizligi, samaradorlik va mahbuslar soni bilan hayratga soldi.
"Human Rights Watch" tashkiloti (HRW) imonlilarning hibsga olinishi va qiynoqqa solinishi haqida ma'lumot to'plash bilan shug'ullangan, shuningdek, Rossiya «Memorial» jamiyati tomonidan ism va familiyalar bilan katta hajmli tomlar tuzilgan. Va, albatta, bu ta'qiblar g'arbda terrorizmga qarshi operatsiyalarning boshlanishi bilan yangi rivojlanish oldi. Jorj Bushning terrorizmga qarshi urush e'lon qilgan ritorikasida Karimovning harakatlari oqlandi. Aynan shu paytda, 2002-yilda matbuotda qamoqxonalarda qiynoqlardan ko'plab odamlarning o'limi haqida xabarlar paydo bo'ldi. Ayniqsa, "Jaslik" koloniyasida tiriklayin qaynatilgan ikki dindorning hikoyasi aks sado berdi.
Keyinchalik, 2005-yil may oyida Andijonda tartibsizliklar bo'lib o'tdi, unda shahar bosh maydonida joriy siyosat, qashshoqlik va ishsizlikka qarshi miting o'tkazish uchun yig'ilgan tinch aholi — erkaklar, ayollar va bolalarga qarshi hukumat qo'shinlari o’t ochdi. Yig'ilganlarning shiorlari diniy xarakterga ega emas edi, ammo keyinchalik rasmiy organlar aytishiha, mitingchilar konstitutsiyaviy tuzumni ag'darishga chaqirmoqchi va Xalifalik tuzishni talab qilishgan.
— Bunday ayblovlar uchun asl muddatga hukm qilish uchun dalillar qanchalik kuchli bo’ladi?
Diniy ekstremizm ayblovlari har doim juda fojiali vaziyatlar bilan birga kelgan va kamdan-kam hollarda ular mukammal dalillarga asoslangan deb aytish mumkin. Boshidanoq diniy yoki siyosiy sabablarga ko'ra ayblangan shaxslar ustidan ko'p hollarda jinoyat tarkibi mavjud emasligi, ko'plab huquqbuzarliklar sodir etilayotgani, adolatli sudning xalqaro standartlariga va O'zbekiston hukumati tomonidan ixtiyoriy ravishda imzolangan xalqaro majburiyatlarga mos kelmasligi aniq bo'ldi.
Albatta, har bir davlat, jumladan, O'zbekiston ekstremistik guruhlardan himoyalanish huquqiga ega. Ammo shuni ham ta'kidlash kerakki, sud amaliyotida ayblovchining javobgarligi va ekstremizm bilan aybdorlik yoki aloqani isbotlash kerak, ayniqsa, odamni bunday uzoq vaqtga, 25 yilgacha qamoqqa olinishi haqida gap ketganda. Shuning uchun mening tadqiqotimning asosiy maqsadi ayblanuvchilarning zo'ravonlik yoki zo'ravonlik tahdidi bilan aloqasi haqida hech bo'lmaganda ba'zi dalillarni topish bo’ldi. Men ko'rib chiqqan ishlarning hech birida bunday dalillar topilmadi.
— Hisobotda shaxslari hujjatlashtirilgan tarzda tasdiqlangan 81 kishi haqida ma'lumot berilgan. Bu odamlar kim va nima sababdan aynan ularning shaxslarini tasdiqlash uddasidan chiqildi?
— Bundan besh yil muqaddam O'zbekiston hududida bunday tadqiqotlar o'tkaza olmasdim. 2010/yilda Toshkent Human Rights Watch byurosi direktori bo'lganimda O'zbekiston Adliya vazirligi oliy sudga Toshkent shahridagi HRW vakolatxonasi faoliyatini to’xtatish to'g'risida da'vo arizasi bilan murojaat qildi va meni deportatsiya qilishdi.
Yetti yil o'tgach, rasmiy Toshkent inson huquqlari himoyasi tashkiloti delegatlariga qaytib kelib, hukumat bilan hamkorlikni qayta boshlashga ruxsat berdi, bu men uchun kutilmagan voqea bo'ldi. O'zbekistonga erkin tarzda kelish va davlat idoralarining ko'plab vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazish, shuningdek, qamoqxonalarga tashrif buyurish imkoniyati paydo bo'ldi.
Menga rasmiy ma'lumotlarning ma'lum bir qismi, masalan, mamlakatdagi mahbuslarning umumiy soniga oid ma'lumotlar ochib berildi, ammo hukumat vakillari asosiy savolga javob berishdan bosh tortdilar — ekstremistik moddalar bo’yicha qancha odam jazolanmoqda, ularning tushuntirishlari juda keng va noaniq bo'lib, inson huquqlari sohasida xalqaro huquq asoslarini buzadi.
Ushbu ma'lumot berilmagani uchun men ekstremizmda ayblangan va allaqachon ozod qilingan sobiq mahbuslar orasida manbalar qidirishga majbur bo'ldim. Men diniy erkinlik sohasida yetakchi inson huquqlari himoyachilari bilan muloqot qilib, 113 dan ortiq suhbat o'tkazdim. Bu mutaxassislar va faollar asosan yillar davomida ko'plab odamlar hibsga olingan Farg'ona vodiysida yashaydilar. Mening maslahatchilarim orasida, misol uchun, taniqli huquq himoyachisi Surat Ikromov bor edi.
— Mashhur 221-modda hozir qo'llaniladimi?
— Bu modda, albatta, inson huquqlari himoyachilari uchun achinarli, chunki uni deb, odatda, butunlay bema'ni ayblovlar bilan 3-5 yil qo'shib berilgan — masalan, qamoqxona oshxonasida «noto'g'ri» tozalangan sabzi uchun yoki noto'g'ri joyda qoldirilgan shippaklar uchun. Ko'p yillar davomida O'zbekiston xalqaro huquqiy hamjamiyat tomonidan bunday amaliyotdan foydalangani uchun tanqid qilingan.
Hozirgi zamonning o'ziga xos xususiyati HRW vakillariga va shaxsan menga xavfsizlik idoralari xodimlarining arzi bo'lib, moddadan foydalanish to'xtatilganini. Biroq, savol tug'iladi — nima uchun juda ko'p odamlar hali ham qamoqlarda qolmoqda va nima uchun ular bunday uzoq muddatlarga qamalgan?
Bunga javob, mahbusga muddatni o'tayotgan paytda ikkinchi darajali hukm chiqarish amaliyotidir. Ayblovlar, asosan, mahbuslarning axloqni tuzatuv muassasasining devorlari ortida ekstremistik guruh tuzishga urinishlariga asoslanadi. Bunday ayblovlar tadqiqot davomida tez-tez uchraydi, ular ikkinchi marta odamga hukm chiqarishadi va bu safar retsidivist sifatida juda ularga uzoq muddat beriladi.
Biz 221-moddadan foydalanish rasman yo’q bo’ldi deb aytishimiz mumkin, lekin sud tizimi va penitentsiar organlar ichida hech narsa o'zgargani yo’q.
— O'zbekiston hukumati huquq himoyachilari bilan aloqaga chiqishadimi?
— Avvalgiga qaraganda albatta ko’proq chiqishmoqda. Yana bir bor aytib o’tishim joiz, mamlakatga erkin tashrif buyurishim mumkin, turli idoralarning rasmiy vakillari bilan uchrashmoqdaman. Men hatto Toshkent universitetida inson huquqlari bo'yicha kurslardan dars berdim, bu esa hamkorlikka ochiqlik va tayyorlik darajasining aniq ko'rsatkichi bo'lib xizmat qilishi mumkin.
2016-yilda prezident Shavkat Mirziyoyev ayrim moddalar, jumladan, dinga oidlari bo’yicha mahbuslarni ozod qilishga qaratilgan qator islohotlarni amalga oshirdi. Bugungi kunda 65 yuqori martabali siyosiy mahbuslar, huquq himoyachilari, mustaqil jurnalistlar va muxolifatchilarning katta guruhi ozod qilindi.
Biroq, bugungi kunga qadar Karimov davridan buyon inson huquqlari hamjamiyati tomonidan bildirilgan ko'plab taklif va tavsiyalar javobsiz qolmoqda. Pandemiyaning boshlanishi bilan islohotlar sekinlashdi va ba'zi hollarda aniq regress paydo bo'ldi. Misol uchun, joriy yilning may oyida ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy amaldorlarni bir necha bor tanqid qilgani uchun blogger Otabek Sattoriy 6,5 yilga hukm qilindi.
Dinga oid moddalar va boshqa mavzular bo'yicha qamalgan mahkumlarning huquqlarini himoya qilish bilan shug'ullanishi mumkin bo’lgan. Nodavlat notijorat tashkilotlarini (NNT) ro'yxatdan o'tkazish uchun sun'iy ravishda yaratilgan to'siqlar mavjud bo'lib, ular Adliya vazirligi va hukumat avvalgi "karimovcha" yondashuvdan foydalanayotgani his etilmoqda.
Afsuski, Jinoyat kodeksining ko'plab moddalari sovet davridan beri o'zgarmagan. Hozirgi siyosiy elita Karimov kim bo’lganligi haqida ochiq va hushyor gapirishdan qo'rqadi. Va agar o'tmishingizni barcha «shon-shuhrati» bilan tan olishga va u bilan kurashishga tayyor bo'lmasangiz, the past can take revenge — o'tmish o’ch olishi mumkin.
Hali ham mavjud bo'lgan tizimdagi kamchiliklar jazoni o'tayotgan va "karimovcha" davrida qiynoqqa solingan minglab odamlarni tiklash bo’yicha parlament eshituvi va komissiyalarisiz yo'qolmaydi.
— Hozirgi kunda-chi, Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O'zbekistonning obrazi G'arbda qanday idrok etilmoqda? Islom Karimov davriga nisbatan ijobiy o'zgarishlar qayd etiladimi?
— O'zining geostrategik holati, aholisi soni va Markaziy Osiyo mintaqasidagi ta'sir darajasi tufayli O'zbekiston G'arb bilan hamkorlik qilib, har doim muayyan imtiyozlarga ega bo'lib, savdolashish imkoniyatiga ega bo’lgan. Ushbu hamkorlik Qarshi-Xonobod shahrida AQSh harbiy bazasi joylashgan AQSh terrorizmga qarshi kurash kampaniyasining boshlanishi bilan alohida ahamiyat kasb etdi.
Andijonda tinch aholi otib tashlanganidan va bu voqealarda mustaqil tergov o'tkazilmaganidan so'ng, O'zbekistonga sanksiyalar joriy etildi, respublika rahbariyatining g'arblik hamkorlar bilan munosabatlarida esa siyosiy va iqtisodiy sohalarda ko’ngli sovidi va bu sohada rivojlanish turib qoldi. Albatta, bularning barchasi respublika imidjiga zarar yetkazdi. Bundan tashqari, majburiy mehnat amaliyoti, ayniqsa, bolalar paxta terimiga oid ma'lumotlar har doim salbiy qabul qilingan. Ijobiy to'lqinni keltirib chiqargan o'zgarishlar Karimov vafoti va rahbariyat o'zgarishi bilan boshlandi.
Hozir, Kobul toliblar tomonidan bosib olinganda, O'zbekiston yana G'arb uchun muhim geostrategik hamkor bo'lib qoladi. Avgustdan boshlab Yevropa komissiyasi vakillari va yuqori martabali amerikalik diplomatlarning Respublikaga muntazam tashriflari kuzatilishi mumkin. O'zbekiston lobbichilik o'yinini o'ynashni boshlaydi. Aytgancha, uning qo'shnilari — Qozog'iston va Ozarbayjon Vashingtonda o'z mamlakatlarining ijobiy qiyofasini yaratib, bunga allaqachon o'rganib olgan.
Men O'zbekistonda inson huquqlari bilan bog'liq umumiy vaziyat haqida aniq va optimistik nuqtai nazarga egaman. Ayni paytda bolalarning paxta maydonlarida majburiy mehnat kampaniyasini yakunlanganini asosiy g’alaba deb hisoblash mumkin. Ammo tizim hali ham avtoritar bo'lib qolmoqda, shuning uchun faqatgina harbiy manfaatlarga e'tibor qaratib, inson huquqlarini unutilishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Afg'oniston atrofidagi asosiy masalalarni muhokama qilish vaqtini ushlab olish va ular bilan inson huquqlariga rioya qilish, siyosiy mahbuslarni ozod qilish va diniy sabablarga ko'ra qamalgan mahkumlarni ozod qilishni ham talab qilish juda muhimdir. O'zbekistonning avtoritar tizimi va maxsus xizmatlarning ta'siri hozirgi kunga qadar o’zgarmas qolsa, G'arbda ishonchli sherik topish juda qiyin bo'ladi.
— Ayniqsa, Afg'onistondagi voqealarni inobatga olgan holda, O'zbekiston jamiyatida ekstremistik kayfiyatning o'sishi qanchalik rost?
— Bu tashvishlar respublikaning sobiq rahbariyatiga tegishli edi, ular hozirgi elitalarda ham bor. Afg'oniston radikal odamlar uchun magnit bo'lishi mumkin. Ammo hozirga qadar O'zbekistonda ekstremistik kayfiyat yoki ayrim radikal guruhlarning mavjudligini tasdiqlovchi juda kam dalillar mavjud, chunki uzoq vaqt davomida mamlakat bunday tadqiqotlar uchun yopiq edi.
A'zan mutaxassislar va mansabdor shaxslar ushbu tahdidni bartaraf etish va uni o'z manfaatlari uchun ishlatish uchun qulaydir. Tolibonlar muvaffaqiyati fonida diniy erkinliklar va inson huquqlari sohasida "qattiqqo'llik" sodir bo'lishidan qo'rquv bor.
Shuni ta'kidlash kerakki, o'zbek xalqi 20 yil avvalgi davrga qaraganda yanada qattiqroq musulmonlashdi. Islom Karimovning vafotidan so’ng mamlakatda Islomning uyg'onish davri bo'lib o'tdi, masalan, yaqinda hukumat ta'lim muassasalarida hijob kiyishga ruxsat berdi.
Boshqa tomondan, xotin-qizlar huquqlari bilan shug'ullanadigan ko'plab faollar o'zbek jamiyatidagi ushbu tendentsiyalarga tashvish bilan qarashmoqda, chunki hali mustahkam demokratik asos yo'q. Demokratik tizimlar va muassasalar mavjud emasligi sababli, aynan islomchilik ozchiliklar, ayollar va boshqa zaif guruhlar uchun eng ko'p muammolarni keltirib chiqaradi.
Shuning uchun men hukumat va prezidentni demokratlashtirish va ochiqlik yo'lidan borishga chaqiraman, faqat shu yo’l bilan jamiyatda barqarorlik va xotirjamlik darajasini oshirish, shuningdek, ekstremistik qarashlarga qarshi turish mumkin.
— Karimov vafot etganidan so'ng, ko'pchilik O'zbekistonga, ichki mojarolarni, shu jumladan, diniy yoki milliy asosda mo’jarolar bashorat qilgan bo'lsa-da, bu kabi hech narsa sodir bo'lmadi: bu borada Mirziyoyev marhamati bormi yoki bu ko’proq Karimov qatag'onlarining samarasimi?
— Qiyin savol. Ma'lumki, Karimov davrida milliy ozchiliklar haqidagi munozaralar doimo bostirilgan. Shuning uchun aynan hozir bu mavzular bo'yicha tadqiqotlar o'tkazish juda muhimdir. Shuni esda tutish kerakki, odamlar ko'pincha ijtimoiy-iqtisodiy ahvol tufayli norozilik bildirishadi, gaz, suv yoki elektr uzilishiga qarshi mitinglarga chiqadilar.
Ehtimol, aynan shu sabablar beqarorlashtiruvchi bo’lib xizmat qilmoqda, etnik kelib chiqish yoki diniy qarashlilik emas. Gapirishdan qochishim mumkin bo'lgan ko'plab omillar mavjud, chunki bu bizning suhbatimizni butunlay boshqacha yo'nalishga olib keladi.
— O'zbekiston ommaviy axborot vositalari diniy erkinlik mavzusini yoritishga qanday munosabatda? Ayblanuvchilar ustidan "diniy" moddalar bo’yicha hukm chiqarilishiga jamoatchilik fikr bildiradimi?
— Afsuski, jinoyat kodeksining ekstremistlarga oid moddalari, josuslik yoki Vatanga xiyonat qilish bilan bog'liq da'volar odatda yopiq rejimda o'tkaziladi. Respublika shaharlaridan birida "bir necha kishilik terroristik guruh qo'lga olindi" degan yangiliklar bundan mustasno, ular haqida juda kam ma'lumot mavjud.
Hukumatning munosabati kuchli qo'l, paternalizm, super senzura bilan ajralib turadi, bu din ishlari bo'yicha qo'mita vakillari bilan uchrashuvlarim davomida bir necha bor tasdiqlangan.
Diniy masalalarni ochiq muhokama qilishdan qo'rqish ko'pincha o'z-o'zini senzura qilishda ifodalanadi. O'zbekiston ommaviy axborot vositalari orasida, mening nazarimda, bu borada eng jasurlaridan biri — bu Kun.uz. o'tgan yoz o'rtalarida ushbu nashriyotning asoschilaridan biri Maxsudjon Asqarov Imom o'rinbosari bilan intervyu uchun, Yangi Zelandiyadagi politsiya xodimlari uchun hijob haqidagi xabar va tahririyat Ramazon oyi boshlanishi bilan tabriklari uchun jarimaga tortildi.
— Sizningcha, O'zbekistonda kim eng ko'p quvg'in qilinadi — vahhobiylar, Yahova shohidlari yoki boshqa diniy jamoalarning vakillari?
— Bugungi kunga qadar diniy sabablarga ko'ra qamoqda o’tirgan ikki ming mahkumning orasida "Hizb ut-tahrir" ning amaldagi yoki gumon qilingan a'zolarini ajratish mumkin. Ushbu uyushma o'zbeklar, jumladan, Farg'ona vodiysida katta qiziqish uyg'otgan.
Yana bir katta guruh — O'zbekiston Islom harakati vakillari, shuningdek, "jihodchilar" ("vahhobiylar" so'zi hozirgi kunda kamdan-kam ishlatiladi va bu atamani Kavkazda ishlatilishi dan biroz farq qiladi) va, albatta, ILID.
Nima uchun O'zbekiston hukumati tomonidan ta'qiblar birinchi navbatda chindan ham radikal tashkilotlarga emas balik "Hizb ut-tahrir" a'zolariga qaratilgani men uchun hali ham sir bo'lib qolmoqda. Shu bilan birga, harakatning izdoshlari qamoqxonada mahkumligining yigirmanchi yilini o’tayotganda, biz ILIDning faol ishtirokchilari bo'lgan Suriya va Iroqdan kelgan ayollar va bolalar qaytarilganligi haqida ma'lumot olamiz. Va ular hukm qilinmaydi, aksincha, reabilitatsiyadan o’tadi, ba'zan esa xonadonlar berilmqoda. Biroq, yetarli dalillarga ega bo'lmagan va xalqaro huquqning barcha me'yorlariga zid ravishda amalga oshirilgan jarayonlardan keyin qamoqqa tashlangan bu odamlar hali ham o'tirishadi.
ILID hududlaridan ayollar va bolalarni qaytarishgani uchun qarsaklar va maqtovlar. Ammo respublika hududida qamoqxonada bo'lganlar-chi? Xo'sh, nima uchun bunday ikkitalik standartlar? Axir, uy qamog'iga o’tkazilishi mumkin, bir qator ishlarni qayta ko'rib chiqish mumkin.
Bu meni asosiy tezisga qaytaradi — siyosat o'zgarmadi. Ozodlikka shundoq ham chiqariladigan kishilar kechirim so'rashga majbur edi. Ushbu ikki ming kishining aksariyati bu o'yinda o'ynashdan bosh tortdilar, chunki ular shunchaki ularning mafkurasi rasmiylariga mos kelmaganligi uchun aybdor edi.
— Diniy sabablarga ko'ra hukm qilinganlarni reabilitatsiya qilish haqida nima deyish mumkin?
— Ayblovlarni qayta ko'rib chiqish va o'zlarini qayta tiklash uchun sudga topshirgan shaxslar bilan alohida holatlar mavjud.
Mening ma'ruzamda bitta bunday odam — Jahongir Kulijanov, ikki yildan ortiq vaqt mobaynida diniy e'tiqodlari uchun qamoqda o’tirgan tinch shia imonli va inson huquqlar himoyachisi haqida gapirganman. Uni himoya qilish uchun olib borilgan xalqaro kampaniyadan so'ng 2018-yilda ozod qilindi. Hozirgi vaqtda Kulidjanov to'liq huquqiy reabilitatsiyadan o'tmoqda, u muddat o’tashiga to’g’ri kelgan ikkita moddadan birini qayta ko'rib chiqishga va bekor qildirishga muvaffaq bo'ldi.
O'zbekiston jinoyat-protsessual kodeksida mahkumlarni reabilitatsiya qilish to'g'risidagi moddasi mavjud, ammo uni qo'llash uchun yagona yondashuv yo'q, chunki bunga ko’ra Karimovning o'ziga uning siyosiy va diniy sabablarga ko'ra nohaq ayblangan fuqarolarga nisbatan harakatlari uchun hukm chiqarish kerak degan ma'noni anglatadi. Buni amalga oshirish vaqti keldi deb o'ylayman.
Tarjima: Aziza Djurayeva