"Yoshlarni ishga olishadi, rosa ishlatib, kam, ish haqi to'lashadi". Toshkentga O'rta Osiyoning IT poytaxtiga aylanishga nima xalaqit bermoqda
Азиз Якубов
Перевод
12 мая 2022, 13:09

"Yoshlarni ishga olishadi, rosa ishlatib, kam, ish haqi to'lashadi". Toshkentga O'rta Osiyoning IT poytaxtiga aylanishga nima xalaqit bermoqda

Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 16 oktyabrda Toshkent shahridagi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkda. Surat: president.uz

O'zbekiston hukumati Ukrainadagi urush sababli Rossiya IT-mutaxassislarining ommaviy migratsiyasiga zudlik bilan o'z munosabatini ko'rsatdi. Respublika hukumati sohaning ayrim xodimlari uchun ishini ko’chirish haqida veb-saytni ishga tushirdi va kompaniyalarga imtiyozlar va preferensiyalar to'plami taklif etildi. Biroq, mansabdor shaxslar sanoatni rivojlantirish bilan bir necha yil shug'ullanmoqda: Toshkentda IT-Park ishlaydi, bir nechta shunga o'xshash markazlar qurilmoqda. Endi Rossiya va boshqa mamlakatlardan "miyalar" yordamida O'zbekiston yirik IT-markazga aylanishni rejalashtirmoqda. Mediazona Toshkentning Markaziy Osiyoning kremniy vodiysiga aylanoshi va Singapur va Hindistonning Bangalor — yuqori texnologiyalar biznesining Osiyo poytaxtlari bilan bir qatorda tura olish-olmasligini aniqladi.

Iqtisodiyotning ilgari surgichi

2022-yil 14-aprel kuni O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi va mansabdor shaxslar oldida katta vazifalar qo'ydi. Ular orasida IT-xizmatlar hajmining ikki barobardan ziyod ko'paytirish, ularning eksportining keskin o'sishi kuzatilmoqda. Shavkat Mirziyoyev buning uchun "O'zbekistonni mintaqaviy IT-markazga aylantirish zarur", deb ta'kidladi.

Bundan tashqari, prezident Internet tarmog'iga ulanish maydonini kengaytirish, hududlarda sanoatni rivojlantirish bo'yicha topshiriqlar berdi, chunki soha korxonalarining 90% Toshkentda jamlangan, minglab yosh mutaxassislar ish bilan ta'minlash, davlat xizmatlari uchun mobil ilovalar yaratish, o'zbekistonliklar nafaqa, sug'urta va boshqa narsalarni masofadan rasmiylashtirishi mumkin.

Mustaqil iqtisodchi Yuriy Yusupov IT-soha O'zbekiston uchun istiqbolli bo'lishi mumkin, deb hisoblaydi, chunki zamonaviy texnologiyalar ushbu biznesni har qanday mamlakatda rivojlantirish imkonini beradi. Ammo, uning fikriga ko'ra, umuman olganda qulay biznes muhitini yaratish muhimdir.

"Afsuski, hozirgi kunga qadar O'zbekiston asosan xomashyo mahsulotlarini eksport qilmoqda. Bir necha yil oldin tabiiy gaz eksporti yetakchi edi, hozir esa oltin. Mustaqillikning barcha yillari mamlakat hukumati iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga harakat qildi. Ammo, odatda, urinishlar "o'g'ri" kompaniyalari uchun imtiyozlar va yengilliklar tarqatish, shuningdek, himoyalash orqali raqobatning cheklanishi bilan yakunlandi. Bunday siyosat faqat sun'iy monopoliyalar va poraxo’rlikni ajoyib darajada oshiradi. Shuning uchun, IT-kompaniyalari o’rnida, men, albatta, hukumat "qo'llab-quvvatlash"iga ishonmas edim", — deydi Yusupov.

Ukrainadagi urush va unga bog'liq G'arb sanksiyalari IT mutaxassislarning Rossiyadan ketishiga olib keldi. Nafaqat yollanadigan ishchilar va mutaxassislar, balki kichik firmalar va startaplar egalari ham tark etishni rejalashtirishmoqda. O'zbekistonda esa ommaviy "ko'chish" ga imtiyozlar to'plamini ishlab chiqish orqali munosabat bildirildi.

Xususan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov xabar berishicha, Toshkent IT-parkiga joylashishga qaror qilgan xorijiy kompaniyalarga jihozlangan ofislar ko'rinishida investitsiya kiritiladi, dastlabki olti oy mobaynida tadbirkorlar ijara, kommunal xizmatlar va Internet to'lovlaridan ozod etiladi. Yangi rezidentlarga 2028 yilgacha korporativ soliqlarni to'lamaslik va chet el valyutasida ish haqi berishga ruxsat beriladi.

Toshkentda IT-parkda. Surat: it-park.uz

Yuliy Yusupov IT-biznes o'yinchilarini O'zbekistonga ko'chishining ijobiy omillarini qayd etadi: pul oqimi, ish o'rinlarini yaratish, mamlakat iqtisodiyotidagi xarajatlarni ko'paytirish. Shu bilan birga, iqtisodchi davlat tomonidan taqdim etilgan imtiyozlar kompaniyani faqat qisqa muddatga jalb qilishi mumkin, deb hisoblaydi.

"Imtiyozlar osongina berilishi mumkin, ammo ular oson olib tashlanadi ham. Va IT-biznes juda mobildir, yuridik manzilni boshqa mamlakatga ko'chirish hech ham qiyinchilik tug'dirmaydi, — deydi u. — Shuning uchun, birinchi navbatda, mulk huquqlarini, shu jumladan intellektual mulkni himoya qilish masalalarini hal qilish, shuningdek, soliq va ma'muriy yukni kamaytirish juda muhimdir".

Yusupov hukumatning ishlashi kerak bo'lgan bir nechta masalalarda to'xtab o'tdi. "Chet elliklar uchun, shuningdek, ko'chmas mulk sotib olish va ishga joylashish jarayonlari, Internet-bankingni rivojlantirish tartibi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, IT-sektori uchun Internet tezligi va hozirgi kunga qadar bizning organlar alohida resurslarni blokirovka qilishni "yoqtirishi" katta ahamiyatga ega", — deya xulosa qiladi ekspert.

Barchasini koderlar hal qiladimi?

Yuqorida aytib o'tilgan yig'ilishda Shavkat Mirziyoyev joriy yil boshidan buyon O'zbekistonga uch ming xorijiy IT-mutaxassislar kelib, bu yerda yashash va ishlash niyatida ekanini aytdi. Shu munosabat bilan prezident O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kelgan dasturchilarning malakasini oshirish ishlariga minglab mahalliy IT mutaxassislarini jalb etishni topshirdi. Mirziyoevning so'zlariga ko'ra, bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish uchun 12 ming mutaxassis kerak. Buning uchun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy-ta'lim klasteriga aylantirilib, IT-Park negizida alohida universitet tashkil etiladi.

Toshkent dasturchilarining malakasi haqida 25 yil O'zbekiston IT-sanoatida ishlagan biznes-tahlilchi Aleksey Kraxmalev so'zladi.

"Dasturchilar eski maktabi deyarli yo'qolib ketdi, faqat eng iqtidorli dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilari tomonidan to'plangan yarim qonuniy autsorsing firmalari tufayli yashamoqda, — deya ta’kidlaydi tahlilchi. — Har qanday IT-parklarda, asosan, maktab o'quvchilari va kecha talaba bo’lganlar "joylashib olgan". Ular chuqur bilim va tajribaga ega emaslar, lekin ular g'ayratga to'la".

Kraxmalev chet elliklarning taklifi sanoatga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, deb hisoblaydi. "Hozirda tashkil etilgan — "IT-changyutgich" — bu rivojlanishning yangi bosqichi. Agar tajribali dasturchilar va arxitektorlar kelib qolsa, mahalliy arzon kodlovchilar asosida katta va qiziqarli narsalarni yaratish mumkin", deya xulosa qiladi u.

2019-yilda "Million o'zbek dasturchilari" dasturi ishga tushirildi. Loyihani nazorat qiluvchi IT-Park vakillari, hukumatning vazifalari nafaqat ichki bozorda kadrlar ochligini qondirish, balki xizmatlar eksportini ham oshirish ekanini aytdi. O'zbekiston Hindiston va Belarusga qaratilgan bo'lib, bu borada katta yutuqlarga erishdi.

Biroq, dasturni amalga oshirishning birinchi yili hisobotiga ko'ra, oxir-oqibat hamma ham bu kasbda qolmaydi. Ma'lum bo'lishicha, 85 mingdan ortiq murojaat etuvchilardan faqat 22 mingtasi talaba bo'lib, ulardan 10 ming nafari kursni tamomlaganligi haqida sertifikatlar oldi.

Dastur ishga tushirilgandan deyarli ikki yil o'tgach, IT-Park matbuot xizmati loyihada ishtirok etish uchun murojaat qilganlarning soni 500 mingdan oshib ketganini ta'kidladi. Ya'ni, respublika bo’lajak bir million ishlab chiquvchini tayyorlash rejasini yarmini bajarishi mumkin edi. Biroq, amalda, Mirziyoev ta'kidlaganidek, mamlakatdagi barcha IT-parklarda 11 mingga yaqin yosh mutaxassislar ish bilan band.

Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 20-noyabr kuni Toshkent shahridagi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida bo'ldi. Surat: president.uz

Kraxmalev shuni ta’kidlaydiki, "Million dasturchilar" uchun bir necha maxsus kasb-hunar kollejlari qurilgan, lekin oxir-oqibat aksariyati ish topa olmagan kodlovchilarni ko'paytirishdi. Mediazona suhbatdoshining so'zlariga ko'ra, shunchaki bir nechtasi bir narsaga erisha oldi — eng o'jar va iste'dodlilari.

Ekspert, shuningdek, mahalliy mutaxassislarning rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi bir necha omillarni ham aniqladi. ""Sharbatsiqqich firmalar" kabi muammolar mavjud. Yoshlarni ishga olish, kam oylik to'lash va rosa ishlash. Bunday muhitda rivojlanish qiyin, — dedi IT-mutaxassis. — Bundan tashqari, yuqori darajadagi mutaxassislarni faqat murakkab vazifalar bilan yaratish mumkin. Misol uchun, agar kompaniya turli texnologiyalar bo'yicha turli xil saytlar va ilovalarni ishlab chiqarsa, professional o'sish mumkin. Ishlab chiquvchilar noldan katta loyihani ishlab chiqishda ishtirok etsa ham yaxshi bo'ladi. Yoshlar mentorlarga biriktiriladi va kerakli darajadagi jamoaga tortiladi. Agar firmacha tayyor dvigatelda onlayn do'konlarni yaratsa esa, albatta, hech qanday rivojlanish bo'lmaydi".

Kraxmalevning ta'kidlashicha, O'zbekistonda juda murakkab loyihalar kamdan-kam: "Ko'pgina idoralarda hatto yaxshi dizayner ham yo'q, chunki ular qimmat. Shunday qilib, bunday ishlab chiqaruvchi arzon iste'mol tovarlarini ishlab chiqaradi, kodlovchilarga kam ish haqi to'lab, buyuk kelajak haqida aldab kelmoqda. Bir martaba uchun bu o'lik nuqta".

Tahlilchi rivojlanishda jiddiy turtkini mehmon mutaxassislar berishi mumkin, deb hisoblaydi, ular boshchiligida o'zlari nomga ega bo'lib, talabga sazovor bo'ladigan jamoalar hosil bo'ladi. Ehtimol, Kraxmalevning ta'kidlashicha, bunday yondashuv bilan "o'zbek aytichisi" iborasi brend sifatida qabul qilinadi.

"Biroq, bu yerda juda ko'p narsa malakali marketingga bog'liq, chunki IT-mahsulotlarni sotish eng muhim masala. Ya'ni, startaplarga investitsiya bo'lmasa, hech kim hech ishlab topmaydi", — deya ta'kidlaydi mutaxassis.

Kraxmalevning so'zlariga ko'ra, hozirgi kunda o'zbekistonliklar xorijiy kompaniyalarga ham ishlash imkoniyatiga ega: "Masalan, SAP kabi IT-gigant Rossiyani tark etgandan so'ng, iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida foydalaniladigan dasturiy ta'minotni almashtirish talabi paydo bo'ldi. Ishlarning hajmi juda katta bo'lib, ba'zi vazifalar bizning dasturchilarimiz tomonidan osonlik bilan amalga oshirilishi mumkin. Faqat individual modul va quyi tizimlar bo'lsin, lekin u ham murakkabligi bilsan katta daromadga hissa qo'shadi".

Bozor qonunlariga ko'ra, xorijiy dasturchilar oqimi ish haqi pasayishiga olib kelishi kerak, chunki mutaxassislar bilan haddan tashqari to'yinganlik sababli ish beruvchilar savdolashishi mumkin. Biroq, Kraxmalev aminki, bu yerda katta o'zgarishlarni kutishning hojati yo'q: "Sektorda ish haqi alohida loyihaning byudjetiga va xodimning professionalligiga bog'liq. Bugungi kunga qadar O'zbekistonda yuqori malakali mutaxassislarga, ayniqsa offshor firmalarda g'arbiy bozorga ishlayotgan bo'lsa, ko'p pul ishlashiga hech narsa to'sqinlik qilmagan".

Bir xil kelgan aytichilarga Toshkentda maosh yoqmasligi mumkin, chunki Moskva va hatto Olmaotaga nisbatan ancha past. "Shunday qilib, vaziyat savdo oshishi hisobiga o’zgarnasa, chet eldan dasturchilar oqimidan keyin, qo'rqamanki, ko'pchiligi tez orada boshqa mamlakatga qayta ko’chishni afzal ko’radi", — deydi Kraxmalev.

Rossiya desanti

Mediazona Toshkentga ko'chib kelgan uch nafar ruslar bilan suhbatlashdi. EdTech yo'nalishi bo'yicha Product manager Danila Pilin Toshkentga o'zining o'nta hamkasbi bilan uchib keldi. Ular birgalikda uy-joy ijaraga olishmoqda va masofadan ishlashmoqda.

"Rossiyani beqaror siyosiy vaziyat va IT-sanoatida ishlash uchun zarur bo'lgan xizmatlarning yopilishi munosabati bilan tark etdik, — dedi Danila. — Qayerga borishni tahlil qilish uchun vaqt yo'q edi. O'zbekiston tanladik, chunki u yerda tanishlar bor, bundan tashqari, u buyuk tarixga ega bo'lgan katta mamlakatdir. Toshkent, masalan, Moskva va Sankt-Peterburgdan keyin aholi jihatidan MDHda uchinchi o'rinni egallaydi".

EdTech kompaniyalaridan birining top-menejeri Dmitriy Moskvani Ukrainaga hujum qilgani sababli Toshkentga almashtirdi: "Men siyosat nuqtai nazaridan faol emasman, muxolifatchi ham emasman, ammo urush boshlanganida men haddan oshilganini ekanligini tushunib yetdim va men Rossiyada qolishni xohlamayman".

Shu bilan birga, Dmitriy ko'chib o'tish uchun boshqa — iqtisodiy sabablar bo'lganligini aytdi. "Iqtisodiy nuqtai nazardan, mamlakat tamom bo'lishini, tushunib yetdim. Sanksiyalar, bosim, ish sharoitlari yomonlashadi va men bu yerda pul jihatdan o'sa olmayman. Bundan tashqari, menimcha, hatto nizolashdan taqdirda ham sanksiyalar tezda yechilmaydi va Rossiya iqtisodiyoti uzoq vaqt davomida tiklanadi", — deya ta'kidlaydi IT-mutaxassis.

Uning so'zlariga ko'ra, ketishini Rossiyada chegaralarni yopilishi va harbiy vaziyat joriy etilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni tezlashtirdi. U aviachiptalar narxidan kelib chiqqan holda O'zbekistonni tanladi: "Qayerga uchib ketish baribir edi. Men birinchi o’rinda mamlakatni tark etishga qaror qildim, keyin qayerga borishni hal qildim. Mart oyi boshida O'zbekistonga chiptalar 20 ming rubl, aytichilar uchun mashhur Tbilisi yoki Turkiyaga esa — 150-200 ming rubl edi".

Rossiyadan IT-mutaxassis Maksim ham, shuningdek, ko’chish sabablari orasida siyosatni ta'kidladi. "Urush oxirgi tomchi bo’ldi. Tanlov bor edi: jang qilish yoki ketish. Aholining aksariyati Putinni qo'llab-quvvatlashini hisobga olganda, befoyda ekanlgini tushundim va uchib ketishga qaror qildim", — deydi Maksim.

Har uchchala Rossiyaliklar toshkentliklarning mehmondo'stligi, mazali taomlar va chiroyli shahar markazini ta’kidladilar. Biroq, Mediazona ning har uchchala suhbatdoshi ham O'zbekiston poytaxtida bo'lishdan bir qator ijobiy va salbiy tomonlarni ta'kidladi.

Danila transportdan hayratda. "Butun shahar negadir Chevrolet avtomobillariga to'la va taksi haydovchilari juda xavfli haydashadi-nima uchun bilmayman-u, lekin bu yerda hech kim o'z yo'lida yurishni yoqtirmaydi, — deya kuladi IT-mutaxassis. — Har bir chorrahada siz Rossiyada topa olmaydigan yo'l harakati xavsizligi bishqarmasi xodimlari. Bundan tashqari, piyodalar o'tish joyiga kelishda va keskin to'xtash vaqtida haydovchilar negadir avariya chiroqlarini yoqishadi".

Rossiyalik shuningdek, xizmatlar sohasida onlayn servislar rivojlanmaganligiga e'tibor qaratdi. "Bankga borish — bu kuningizni, doimo cheksiz navbatlarni yo'qotishni anglatadi. Mobil operatorlar bilan ham shu muammo. Mening ba'zi hamkasblarim balansni to'ldirgandan keyin pulini yechib olishdi, sababi aniqlanmadi. Har qanday savol oflayn rejimda hal qilinishi kerak, biz bunaqasini allaqachon unutib yuborganmiz", — deydi Danila.

Maksim ijobiy taassurotlar orasida tirbandlilarning yo'qligi, arzon taksi va "yoqimli odamlar bilan progressiv kechalar"ni ta'kidladi. O'zbekiston poytaxtining salbiy xususiyatlariga asosan narxlarni kiritdi.

"Toshkent his etishimga ko'ra, mahsulotlar narxi bilan Moskvadan ancha arzon emas. Lekin ularning tanlovi kamroq: yaxshi baliqni, masalan, topa olmaysiz yoki juda qimmat bo'ladi. Va uy-joy narxi juda qimmat. Do'stlarim 300-400 dollar pul to'lashadi, va 600-1000 dollarlik takliflarni ham ko'rdim. Bunday pulga Portugaliyada, Lissabon etagida yoki Portga yaqinroq bir xonadon topaman. Bundan tashqari, yozda bu yerda chidab bo'lmas jazirama bo'ladi, deyishmoqda", — deydi aytichi. Mashinada xavsizlik kamarini taqish odat emas, taksida orqa o'rindiqlarda esa hech qanday xavfsizlik kamarlarini topa olmaysiz, bu ajablanarli.

Maksim "texnologik kamchiliklar"ni ham qayd etdi. "Tinder o'lik — qizlar, ularning so’zlarig ko'ra, mahalliy mentalitetning o'ziga xos xususiyati tufayli tanishuv dasturidan foydalanishdan qo'rqishadi. Mobil telefonni ulashda IMEI-ni ro'yxatdan o'tkazish juda katta salbiy jihat. Va banking ham bir oz "xafa": valyuta bilan amaliyotlar murakkab va doim ofislariga borish kerak", — dedi Rossiyalik.

U O'zbekistonda bir yarim oy yashaganini va bu yerda uzoq vaqt qolish uchun hech qanday sabab yo'qligini tan oladi, shuning uchun tez orada "uchib ketish"ga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Moskvalik Dmitriy ilgari O'zbekistonni o'rta va kambag'al mamlakat deb o’ylagan. Biroq, Toshkentda yashash bu fikrni tubdan o'zgartirdi. "Toshkent — bu normal Yevropa shahri. Har qanday narx segmenti uchun zamonaviy muassasalar, restoranlar, kafelar, barlar mavjud. Zo'r FinTech dasturlar mavjud: masalan, "Apelsin" orqali mahalliy banklar kartalaridan foydalanish juda qulay. IT rivojlanib borayotganini ko'rsatadigan kovorkinlar hayratda qoldirdi. Shuningdek, O'zbekistonda "Stixiya" festivali o'tkazilayotganini bilib oldim, men uchun bu mamlakatning madaniy rivojlanishi ko'rsatkichidir",— deydi top-menejer.

Bundan tashqari, Rossiyalik toshkentliklar haqida xursandchilik bilan gapiradi. "Men bu yerda bo'lgan davrimda ko'plab odamlar bilan tanishdim, Moskvada shuncha tanishim yo’q edi. Va har bir kishi biror narsada ko'maklashishga harakat qilmoqda, qandaydir yordam berishga, biror joyga olib borib kelishni taklif qilishadi, har kuni kechalarga, teatrlarga, ko'rgazmalarga chaqirishadi. Va bu huddi menga biror narsani sotishga harakat qilayotgandek tuyilmaydi. Tabiati ajoyib, tog'larga chiqib keldim, endi qadimiy Xiva va Buxoroga borishni rejalashtirmoqdamiz, — deydi Dmitriy. — Rostini aytsam, bunday bo'lishini kutmagandim. Ya'ni, mehmonxonada faqat portye mehmondo'st bo'lsa, menga farqi bo'lmasdi. Lekin bu yerda men uchrashgan barcha odamlar juda qiziqdir. Men mehmonlar uchun bir nechta networking tadbirlarida, mahalliy kompaniyalarning asoschilari, restoran tarmoqlari egasi ishtirok etgan IT-jamoalari networkingida bo'ldim va hamma yengil va zavq bilan muloqot qilmoqda".

Kremniy Toshkentmi?

Shunday bo'ldiki, biz bilan suhbatlashgan barcha Rossiya aytichilar masofadan ishlaydi va ularni ishga joylashtirishga hojat yo'q. Shuning uchun ularning hech biri, albatta, O'zbekiston hukumati tomonidan taqdim etiladigan xorijiy mutaxassislar uchun imtiyozlarga duch kelmagan. Biroq, bizning suhbatdoshlarimizning IT parki rezidenti bo'lgan, Rossiyadan kelgan hamkasblariga ko'ra, imtiyozlar rostdan ham ishlaydi. Bundan tashqari, IT parki rahbariyati bolalarni bolalar bog'chasiga joylashtirish yoki arzon narxlarda xonadon qidirishga yordam berishi haqida qo’shimcha qildi Maksim.

Toshkent shahridagi IT-parkda. Surat: it-park.uz

Top-menejer Dmitriy asosiy muammolaridan biri deb respublikada sifatli Internet yetishmasligini aytdi. "Mehmonxonalarda Internet deyarli ishlamaydi. U bor, lekin IT-mutaxassislarga talab qilinadigan darajada emas, — deydi Moskvalik. — Bunday ulanishda, men Zoom-qo'ng'iroqlarini o'tkaza olmayman, tez-tez mobil internet qo'ng'iroqlarda o'tirishga majburman, lekin u cheksiz emas va juda qimmat. Va ba'zan nosoz ishlaydi".

Rossiyalik yana bir muhim kamchilikni aytib o'tdi: kontaktsiz to'lovning kam rivojlangan tizimi, axir onlayn o'tkazmalar, IT rivojlanishida asosiy nuqta dedi.

Dmitriy, shuningdek, bu yerda va IT sohasida dunyoda o'rtacha ish haqi o'rtasidagi katta farqqa e'tibor qaratdi. "Shubhasizki, sanoatni rivojlantirish uchun mahalliy dasturchilar uchun xalqaro darajadagi maoshni ta'minlash kerak, aks holda ular boshqa mamlakatlar uchun masofadan ishlashni afzal ko'rishadi", — dedi ekspert.

Aytichi bloklash mavzusiga to'xtalib o'tdi. "Aslida, hozir mahalliy kompaniyalar uchun reklama kanallari yopiq Rossiyada bloklash haqida gapirish juda ham o'rinli bo'ladi. Bu yomon, chunki zamonaviy IT-sanoati marketingga juda bog'liq. Siz foydalanadigan marketing vositalari qanchalik rivojlangan bo'lsa, biznesingizni yanada qiziqarli qilishingiz mumkin, — deydi suhbatdoshimiz. — O'zbekistonda bloklash sanoatga hali uncha ta'sir qilmadi".

Danila Pilin, hamkasbidan farqli o'laroq, internetga ulanish bilan bog'liq qiyinchiliklarni sezmadi. Uning so'zlariga ko'ra, Toshkentdagi ko'plab joylarda Wi-Fi tarmog'i beqaror bo'lib, mobil internetdan foydalanish kerak, uning tezligiga chidasa bo'ladi. Rossiyalik bloklashlarga e'tibor bermadi. "Aksincha, siz allaqachon deyarli barcha xorijiy xizmatlar bloklangan mamlakatni tark etib, o'zingizni erkin mamlakatga kelgandek, his etasiz", — deydi Danila jilmayib.

Product manager Danila Pilin O'zbekistonning Markaziy Osiyoning Kremniy vodiysiga aylanishiga barcha imkoniyat va shart-sharoitlarga ega ekanligiga ishonadi. "Hukumat faol ravishda sanoatni rivojlantirish uchun yordam beradi, IT Parkka investitsiya qilmoqda, qulay shartlar asosida xorijiy kompaniyalarni chaqirmoqda. Mutaxassislarning malakasi va kichik biznesni rivojlantirish uchun venchur fondlarning yetishmasligi bilan bog'liq masalalarni hal qilishda davom etmoqda. Ammo, umuman olganda, Toshkent yaqin 3-5 yil ichida kuchli mintaqaviy IT-markazga aylanadi, deb ishonaman. Bu men va hamkasblarim bu yerda qolishga qaror qilganining sabablaridan biri", — deya ta'kidladi rossiyalik.

Moskvalik top menejer Dmitriy, kelgan mutaxassislar hisobiga O'zbekistonda IT-sanoati katta yutuqlarga erishishini taxmin qiladi. Shu bilan birga, respublikani sanoatning mintaqaviy yetakchisiga aylantirishga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan sabablar mavjud.

"O'zbekistonning raqobatchilari bor, chunki Armaniston va Qozog'istonga Rossiya, Belarus va Ukrainadan ko'plab mutaxassislar ko’chib keldi. Men toza iqtisodiyot masalalari bo'yicha mutaxassis emasman, lekin hamma narsa mamlakat investorlar uchun qanchalik jozibador bo’lishiga bog'liqdir. Endi menimcha, Armaniston, Qozog'iston, Turkiya, Gruziyada vaziyat yaxshi. Bu yerda yopiq iqtisod, bir xil onlayn to'lovlar bilan bog'liq muammolar mavjud, shuning uchun investorlar  uchun bozorga kirish va pullarini qaytarib olish qiyinlashadi, — deydi top-menejer. — Kremniy vodiysiga aylanish uchun siz investorlar uchun eng oddiy va iloji boricha shaffof sharoitlarni yaratishingiz kerak. Hozir O'zbekistonda ular hali ham mavjud emas".

Maksim nazariy jihatdan respublikada Kremniy vodiysini yaratish mumkinligini o'ylaydi, ammo u bu ambitsiyali rejani amalga oshirish uchun bir nechta savollarga ega. "Birinchidan, bu yerda aytichilar ish haqi past va expatlarni jalb qilish juda qiyin. Ikkinchidan, mahsulot yaratadigan bo'lsangiz qilsangiz, qaysi bozorlar uchun? Markaziy Osiyo bozori juda kichik, pul ko'p emas. Agar, masalan, Amerika uchun ishlasangiz, jarayonni vaqt mintaqalari qiyinlashtiradi. Men Toshkentdan Shtatlarga taxminan yarim kechasi qo’ng’iroq qilaman va bu juda noqulay", — deya xulosa qildi IT-mutaxassisi.    

Ekspert Yuliy Yusupov O'zbekiston kremniy vodiysiga aylanishiga hali uzoq ekaniga ishonadi.

"Avval davlatni isloh qilish kerak: mansabdor shaxslarni iqtisoddan chiqarib tashlash, davlat mulki va davlat xarajatlarining ulushini kamaytirish, biznes uchun soliq va ma'muriy to'siqlar, hokimiyatlarni ajratish va mulk huquqlarini himoya qilishning huquqiy va sud mexanizmlarini yaratish. Va bunday islohotlarning istiqbollari, afsuski, hali kuzatilmayapti", — deya ta'kidladi iqtisodchi.

Tarijma: Aziza Djurayeva